Shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash siyosati

Shaxsiy ma’lumotlarimni qayta ishlashga roziman.

Men, o‘z ixtiyorim va manfaatim asosida harakat qilib, o‘z shaxsiy ma’lumotlarimni levelprint.uz internet saytida joylashtirish (kiritish) orqali “SPORTS UNLIMITED” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga (STIR 307148030, bundan keyin — Operator) taqdim etgan shaxsiy ma’lumotlarim Operator tomonidan qayta ishlanishiga roziligimni tasdiqlayman.

Ushbu rozilik Operator tomonidan menga xizmatlar, yangi xizmatlarni taklif etish, shuningdek Operator tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar bo‘yicha so‘rovlar o‘tkazish, anketa to‘ldirish, reklama va marketing tadqiqotlarini amalga oshirish maqsadlarida, shu jumladan ushbu sayt orqali men ko‘rsatgan aloqa vositalari orqali bevosita men bilan bog‘lanish yo‘li bilan amalga oshirilishi uchun beriladi.

Ushbu huquq (rozilik) yuqorida ko‘rsatilgan maqsadlarga erishish uchun zarur va maqbul bo‘lgan mening shaxsiy ma’lumotlarimga nisbatan har qanday harakatlarni amalga oshirishga, jumladan, cheklanmagan holda: yig‘ish, tizimlashtirish, jamlash, saqlash, aniqlashtirish (yangilash, o‘zgartirish), foydalanish, uzatish, anonimlashtirish, bloklash va yo‘q qilishga rozilikni o‘z ichiga oladi. Mazkur ma’lumotlar deganda ushbu saytda men tomonidan kiritilgan barcha ma’lumotlar tushuniladi.

Shu bilan birga, men shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash Operator tomonidan har qanday usulda, jumladan avtomatlashtirish vositalari (dasturiy ta’minot) yordamida ham, avtomatlashtirilmagan usulda ham (turli moddiy tashuvchilar, jumladan qog‘oz tashuvchilar orqali) amalga oshirilishi haqida xabardor qilinganligimni tasdiqlayman.